Internet-banking

Korporativ mijoz internet banking tizimiga o'tish (asosiy) 

Korporativ mijoz bank tizimiga o'tish (zaxira)

Mijoz bank tizimiga o'tish (asosiy) 

 

Internet-banking – bankdagi hisob raqamingizni internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat bo'lib, ushbi tizimda samarali ishlash uchun internet tarmog'iga ulangan va Microsoft Internet Explorerga ega kompyuter bo’lsa yetarli.

Internet-banking  quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
  • istalgan davr uchun bankdagi hisobraqamlardan ko’chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;
  • haqiqiy vaqt tartibida to’lov hujjatlarini bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatish;
  • xatolar to’g’risida xabarlarni tezkor olish;
  • kirim va chiqim to’lov hujjatlarini ko’rish va chop etish.

 

  IKEYALL kalitiga drayverlarini yuklab olish 

 

WINDOWS VISTA-XP-7-8-10 (32 razryadli tizimga) | *.rar | 18 429 Kb |

WINDOWS 7 (64 razryadli tizimga) | *.rar | 18 677 Kb |

WINDOWS 8-10 (64 razryadli tizimga) | *.rar | 18 741 Kb |

 

  EPASS kalitiga drayverlarini yuklab olish 

 

WINDOWS 7/10 (32/64 razryadli tizimga)   | *.rar | 13 133 Kb | 

Internet-banking Bank-mijoz tizimining takomillashtirilgan turi bo'lib, uning barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda bank mijozlari uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi:

  • Tezkor - bank va mijoz o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar haqiqiy vaqt tartibida amalga oshiriladi. Siz kompyuteringiz ekranida to’lov hujjatlarini bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin. Hisob raqamingizga tushgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumot, to’lov bankka tushgan zahoti yangilanadi.
  • Xavfsiz - uzatilayotgan axborot sanksiyasiz kirishdan xalqaro kriptografiya formatidan foydalangan holda shifrlash yo’li bilan himoyalanadi.
  • Sodda - Intеrnеt-bankingga ulanish juda soddadir. Buning uhcuhn faqat bizning bankda hisob raqamingiz bo’lishi va “Intеrnеt-banking” hamda elеktron raqamli sеrtifikat tizimida xizmat ko’rsatish shartnomasi imzolangan bo’lishi kеrak.
  • Tejamkor - Internet-banking xizmatidan foydalanish va ro‘yxatdan o‘tish BEPUL taqdim etiladi.
  • Qulay - to’lov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatoga yo’l qo’yish mumkinligi haqida xavotirga o'rin yo'q. Tizim hujjatlarni to’g’ri to’ldirilishini tubdan nazorat qilib, xatolarni ko’rsatib boradi. Xato to’ldirilgan hujjatni jo’natgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan to’xtatishingiz mumkin va unda hisob raqami bo’yicha opеratsiya amalga oshirilmaydi.

Ariza  | *.pdf | 69 Kb |

Bank bilan shartnoma | *.pdf | 426 Kb |

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.