Mikroqarz

Jismoniy shahslarga ajratiladigan MIKROQARZ turlari:

“Universal” nomli mikroqarz

  • Muddati - 12 oygacha; 
  • Foizi - yillik 30%;
  • Miqdori - EKOIH ning  100 barobarigacha;
  • Mikroqarz ajratish shakli - faqat AT “Aloqabank”da emissiya qilingan plastik kartaga o’tkazib berish orqali.

“Joziba” nomli mikroqarz

  • Muddati - 12 oygacha; 
  • Foizi - yillik 34%;
  • Miqdori - EKOIH ning  100 barobarigacha;
  • Mikroqarz ajratish shakli - naqd pul qo’rinishida.

Тaqdim qilinadigan hujjatlar:

  • kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning pasport nusxasi;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, SТIR va jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami ko’rsatilishi lozim);
  • kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar;

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan birini taqdim qilish mumkin:

  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • likvidli mol-mulk garovi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.