Omonatlar

AT "Aloqabank"dagi omonatlar — bu pul mablag’laringizni xavfsiz saqlash va yaxshi daromad olish manbaidir. Sizning barcha omonatlaringiz «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tomonidan kafolatlangan. Sizning omonatlaringiz:

  • soliqlar va majburiy to'lovlardan ozod qilinadi;
  • mablag'lar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
  • ma'lumotlar sir saqlanishi to'liq kafolatlanadi.

AT "Aloqabank"dagi mavjud omonatlar ro’yxati:

Omonat nomi  

Omonat turi

Muddati

Foizi

Omonat tartiblariga qisqacha izoh

1

TQO

TQO

muddatsiz

0%

Omonatga mablag’lar naqd milliy valyutada qabul qilinadi hamda qabul qilingan pul mablag’lari omonatchining birinchi talabi bilanoq beriladi.

2

TQO (AQSh dollari)

TQO

muddatsiz

0%

Omonatga mablag’lar naqd horijiy valyuta AQSh dollarida qabul qilinadi hamda qabul qilingan pul mablag’lari omonatchining birinchi talabi bilanoq beriladi.

3

Kelajak uchun

muddatli

3-18 yil

14%

Omonat 15 yoshgacha bo’lgan bolalar nomiga ochiladi va bola 18 yoshga to’lgunga qadar saqlanadi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda badallar qo’yib borish mumkin. Omonat naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi.

4

Tadbirkor

muddatli

2-7 yil

10%

Omonatga mablag'lar naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi. Foizlarni har oyda olish mumkin. Olinmagan foizlar kapitallashtirilmaydi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

5

Qulay Imkoniyat

muddatli

1,2,3, 6,9 va 12 oy

 10%, 14 %

Omonatga mablag'lar naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi. Omonatga hisoblangan foizlar faqat            AT "Aloqabank"ning plastik kartasiga o’tkazib beriladi. Foizlarni har oyda olish mumkin. Omonatga 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda  12 oy muddatga qabul qilinganda 9 oy davomida qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

6

Kelajakka sarmoya

muddatli

2 va 3 yil

16%

Omonatga mablag’lar naqd pul va naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi va shu tartibda muddatidan so’ng qaytarib beriladi. Omonatga hisoblangan foizlar faqat AT "Aloqabank"ning plastik kartasiga o’tkazib beriladi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

7

Farovon

muddatli

13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24 oy

18%

Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklarining plastik kartalaridan naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi va shu shaklda muddatidan so’ng qaytarib beriladi. Omonatga qo’shimcha mablag’larni kiritish mumkin. Foizlarni har oyda olish mumkin, olinmagan foizlar kapitallashtirilmaydi.

25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36 oy

19%

8

Kafolat  (mobil)

muddatli

1,2,3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10,11,12 oy

 10%, 12%, 13%, 14%

Mobil ilova orqali AT "Aloqabank"ning plastik karta hisobvaraqlaridan naqd pulsiz ko’chirish yo’li bilan milliy valyutada ochiladi.

9

Joziba (mobil)

muddatli

18 oy, 25 oy

16%, 17%

Mobil ilova orqali AT "Aloqabank"ning plastik karta hisobvaraqlaridan naqd pulsiz ko’chirish yo’li bilan milliy valyutada ochiladi. 18 oyga ochilgan omonat uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida, 25 oyga ochilgan omonatga esa, amaldagi qayta moliyalash stavkasi+1(bir) foiz miqdorida mukofot to’lanadi. Agar qayta moliyalash stavkasi o’zgarsa omonat foizi ham shu shartlarga mos ravishda o’zgaradi.

10

Yangi yil tuhfasi muddatli  36 oy 19%

Omonat AT "Aloqabank" mobil ilovasi orqali bank kobeydjing kartalari orqali jalb qilinadi.

Omonat qo’yilmalarinig eng kam miqdori: 100 000 so’m

 Yuqori chegarasi: Belgilanmagan.

Foizlar kunlik, bank ish kuni oxirida omonat qoldigiga hisoblanib, oyma-oy to’lanadi. Foizlar mobil ilova orqali mijozning talab qilib olinguncha hisobraqamiga ko`chirib boriladi. Bunda mijoz xohishiga ko`ra AT "Aloqabank" mobil ilovasi orqali omonatdagi mablag`ini plastik kartasiga ko`chirib olishi mumkin.

Omonatga qo`shimcha badallar qo`yib borish: Mumkin.

 
Omonatga eng kam miqdori(100 000 so’m) saqlanib qolgan holda kirim va chiqim operatsiyalarini amalga oshirishlariga ruxsat berilgan.
11 Active muddatli

13 oy

25 oy

19%

20%

Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi.

Omonatga qo’yulmalarning eng kam miqdori:                                     

-13 oyga ochilgan omonatlar uchun 1 000 000 so’m,

 -25 oyga ochilgan omonatlar uchun 5 000 000 so’mni tashkil qiladi.

Omonatga hisoblangan foizlarni to`lash:   Foizlar oyma-oy talab qilib olinguncha hisobraqamiga ko`chirib boriladi. Agar mijoz omonatini muddatidan oldin olmoqchi bo`lsa, omonatchi o`z omonatini  3-oy to’lmasdan qaytarib olsa foizlar saqlanib qolmaydi. 3-oy idan 24-oygacha to`lgan davr ichida talab qilib olganda, omonatga hisoblangan foizlarning to`liq oy qismi saqlanib qolinadi va qaytarib olingan muddatiga bog`liq tarzda qayta hisob-kitob qilinib omonatning summasi va foizi omonat qanday shaklda (naqd va naqdsiz) kirim qilingan bo`lsa, shu shaklda qaytariladi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.