Avtokredit

 

AVTOKREDIT

Avtokredit- “GM Uzbekistan“ ning rasmiy dilerlaridan avtomobil xarid qilish uchun mo’ljallangan  kredit turi.

Avtokreditning asosiy shartlari:

Muddati

Yillik foiz stavkasi

Boshlang’ich badal

Imtiyozli davr

1 yilgacha

26 %

Kredit summasining 30 foizi miqdorida

Imtiyozli davrsiz

1 yildan

2 yilgacha

28%

Kredit summasining 30 foizi miqdorida

Imtiyozli davrsiz

 

 

 

 

 

 

 

 

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Sotib olinayotgan transport vositasi (transport vositasi kredit muddatiga mos ravishda sug’urtalanishi lozim);
  • Sotib olinayotgan transport vositasi garovi taqdim qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • Kredit summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi (sotib olinayotgan transport vositasi garovi rasmiylashtirilgandan so’ng omonat garovi mablag’i to’liq miqdorda kredit so’ndirishga yo’naltiriladi).

Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomada shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi raqami (JBPDR) hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  •  “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Ta’minotga doir hujjatlar:

  • Sotib olinayotgan avtotransport vositasi summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomada shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi raqami (JBPDR) hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi;

Bankning Qoraqalpog`iston va Andijon filiallarida filial kredit komissiyasi qaroriga asosan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotining ayrim turlari (avtokredit, iste`mol va mikroqarz) vaqtincha to`xtatilgan.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.